date

Gvardiola kechagi o‘yinda penalti berilmagan epizoddan norozi bo‘ldi

Gvardiola kechagi o‘yinda penalti berilmagan epizoddan norozi bo‘ldi

Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Biroq g‘alabaga qaramay, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola uchrashuvdagi ayrim hakamlik qarorlaridan ko‘ngli to‘lmaganini ochiq bildirdi.

Bahsning 35-daqiqasida “Siti” hujumchisi Omar Marmush havodan kelayotgan to‘pni nazorat qilishga uringan paytda, to‘p raqib himoyachisi Yerson Moskeraning tirsagiga tegdi. Epizodni APLda ilk bor bosh hakam sifatida ishlayotgan Faray Xallam ko‘rib chiqdi va qo‘l tabiiy holatda bo‘lgani uchun penalti belgilanmasligini aytdi.

Gvardiola esa bunday qarorni qabul qilish qiyinligini yashirmadi va hakamning bu uchrashuvdagi debyuti ham endilikda ko‘pchilikka “tanilib qolishi”ga sabab bo‘lganini kesatiq bilan ta’kidladi.

— Hakam debyut o‘yinini o‘tkazdi, endi uni hamma taniydi. Menimcha, u monitorni ko‘rib, “qo‘l tabiiy holatda” degan bahona bilan penaltini bekor qilgan birinchi hakam bo‘ldi, — dedi Gvardiola.

Pepning fikricha, bu mavzuda tez orada Hakamlar qo‘mitasi rahbari Govard Uebb tushuntirish berishi kerak. U bunday holatlar avval ham bo‘lganini, xususan “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvdagi bahsli epizodni eslab o‘tdi.

Gvardiola “Yunayted” bilan o‘yindagi vaziyat oqibatida Jeremi Dok-u “Budyo-Glimt”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborganini ham qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, shuncha bahsli qarorlardan keyin jamoatchilikka aniq va tezkor izoh kerak.

— Ishonchim komil, ertaga Govard Uebb OAVda paydo bo‘ladi va nima uchun bu penalti emasligini tushuntiradi. Ertaga chiqsin — chorshanbagacha cho‘zish kerak emas, u kuni Chempionlar Ligasi bor, biz band bo‘lamiz, — deya keskin ohangda yakunladi murabbiy.

Shu tariqa, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga qaramasdan, “Manchester Siti” lageridan hakamlikka nisbatan e’tirozlar yana bir bor kun tartibiga chiqdi. Endi esa muxlislar Govard Uebb tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan rasmiy izohni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola kechagi o‘yinda penalti berilmagan epizoddan norozi bo‘ldi