Arne Slot "Bornmut"dan uchralgan alamli mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

Arne Slot "Bornmut"dan uchralgan alamli mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Arne Slot «Bornmut»ga 3:2 hisobida yutqazilgan o'yinda ikkinchi bo'limga atigi 4 daqiqa qo'shilganini kam deb hisoblashini aytdi.
  • «Liverpul» hal qiluvchi golni qo'shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, murabbiy avvalo aybni jamoadan izlash kerakligini ta'kidladi.
  • Slotning fikricha, so'nggi 10 daqiqada raqib ko'proq xavfli vaziyatlar yaratgan va jamoa autdan to'p tashlashdan keyin oddiy epizodda xato qilgan.

APL doirasidagi «Bornmut» — «Liverpul» (3:2) uchrashuvi atrofidagi eng katta bahslardan biri ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqt bilan bog‘liq bo‘ldi. «Qizillar» bosh murabbiyi Arne Slot bosh hakam Maykl Solsberi tomonidan atigi 4 daqiqa qo‘shib berilganidan norozi ekanini yashirmadi.

E’tiborlisi, mersisaydliklar hal qiluvchi golni aynan qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida o‘tkazib yuborishdi. Shu sabab, o‘yindan keyin jurnalistlar Slotdan hakam bilan nimalar haqida suhbatlashganini so‘rashdi va gollandiyalik mutaxassis bu borada ochiq gapirdi.

Slotning ta’kidlashicha, avvalo aybni boshqadan emas, o‘zlaridan izlash kerak. Uning fikriga ko‘ra, uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasi davomida raqib «Liverpul»ga nisbatan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratgan. Yakunda esa jamoa oddiy ko‘ringan epizod — autdan to‘p tashlashdan keyin gol o‘tkazib yubordi.

Shu bilan birga, murabbiy qo‘shimcha vaqt masalasida o‘z pozitsiyasini qat’iy bildirdi:

“Menimcha, bu kabi bahsga 4 daqiqa juda kam. Lekin natijada bu ham ahamiyatini yo‘qotib qoldi, chunki hal qiluvchi golni raqib urdi. Agar qo‘shimcha vaqt ko‘proq bo‘lganida, bizda yana 2–3 daqiqa imkoniyat paydo bo‘lardi. Bunday o‘yinda atigi to‘rt daqiqa qo‘shilishi to‘g‘ri emas. Bir jarima zarbasining o‘ziga ham ikki-uch daqiqa ketdi, VAR tekshiruvlari bo‘ldi, almashtirishlar ham o‘tdi. Hakamlarga aytganim shu: 4 daqiqa — kam,” — dedi Slot.

Qisqasi, «Liverpul» ustozi mag‘lubiyatni faqat vaqtga bog‘lab qo‘ymadi, ammo o‘yin sur’ati, to‘xtalishlar va VAR aralashuvlari hisobga olinsa, qo‘shimcha daqiqalar ko‘proq bo‘lishi kerak edi, degan fikrda qoldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar