date

Mbappening dubli "Real"ni safarda ishonchli g‘alabaga yetakladi (video)

Mbappening dubli "Real"ni safarda ishonchli g‘alabaga yetakladi (video)

Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida Madridning "Real" jamoasi safarda qiyin raqiblardan biri hisoblangan "Vilyarreal" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Estadio de la Seramika”da kechgan bellashuvda o‘yin taqdirini to‘liq ravishda Kilian Mbappe hal qildi.

Tanaffusdan keyin “qirollik klubi” o‘yin sur’atini oshirdi. 47-daqiqada Vinisius Juniorning faol harakati va himoyachidan qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Mbappe aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu gol mehmonlarga ishonch bag‘ishlab, o‘yinni to‘liq nazorat qilish imkonini berdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “Vilyarreal” hisobni tenglashtirishga urindi, ammo himoya va Kurtuaning ishonchli o‘yini bunga yo‘l qo‘ymadi. Qo‘shib berilgan vaqtda esa madridliklar penalti ishlab oldi. 94-daqiqada Mbappe 11 metrlik jarima zarbasini sovuqqonlik bilan amalga oshirib, dubl qayd etdi va bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

La Liga. 21-tur

Vilyarreal — Real 0:2

24 yanvar, «Keramika»

Gollar: Mbappe (47, 90+4 penalti).

Vilyarreal — Junior, Byukenen (Pepe, 70), Veyga, Guye, Mikautadze (Peres, 76), Moleyro, Moreno (Oluvaseyi, 70), Navarro, Parexo (Parti, 77), Pedrasa, Foyt.

Real — Kurtua, Valverde, Asensio, Heysen, Karreras, Kamavinga, Bellinghem, Guler (Dias, 80), Mastantuono (Gonsalo Garsiya, 74), Vinisius, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Foyt (2), Byukenen (51), Navarro (57), Mastantuono (62).

Shu tariqa, navbatdagi g‘alabadan keyin “Real” ochkolarini 51 taga yetkazdi va bir o‘yin kam o‘tkazgan “Barselona”ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida peshqadamga aylandi. 41 ochkosi bor “Vilyarreal” esa 4-pog‘onaga tushib qoldi.

Madridliklar uchun bu zafar nafaqat turnir nuqtayi nazaridan, balki psixologik jihatdan ham katta ahamiyat kasb etdi. Mbappening yuqori formada ekani esa mavsumning hal qiluvchi pallasi oldidan muxlislar umidini yanada oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappening dubli "Real"ni safarda ishonchli g‘alabaga yetakladi (video)