
IBA jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi medallar sari muvaffaqiyatli harakatni davom ettirmoqda. Hasanboy Dusmatov va Xujanazar Nurtojiyev o‘z vazn toifalarida yuksak mahorat hamda to‘liq ustunlikni namoyish etib, yarim finalga yo‘l olishdi.
51 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Dusmatov tojikistonlik Miroj Sufijonov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. U jang davomida tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab, tezkor va aniq zarbalar bilan raqibidan ustun keldi.
Hakamlar yakdil qaror bilan 5:0 hisobida Dusmatovning g‘alabasini e’lon qilishdi. 57 kg vazn toifasida Xujanazar Nurtojiyev armanistonlik tajribali sportchi Jiraer Sarkisyan bilan jang qildi.
Masofada aniq harakat qilish va intizomli himoyasi tufayli Nurtojiyev 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.