
Formula-1 poygachisi, Ferrari jamoasi a’zosi Sharl Lekler o‘zining rafiqasi Aleksandra Sen-Mlyo bilan Toshkentga keldi. Mehmonni xalqaro aeroportda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib oldi.
Uning tashrifi bugun Toshkentda bo‘lib o‘tadigan FIA Awards taqdirlash marosimi oldidan amalga oshirildi. Sharl Lekler 1997 yil 16 oktyabr kuni Monakoda tug‘ilgan.
U o‘z faoliyatini kartingda boshlagan, keyinchalik GP3 (2016) va Formula-2 (2017) chempioni bo‘lgan. Formula-1 musobaqalarida esa 2018 yilda Sauber jamoasida debyut qilgan va o‘zining barqaror natijalari bilan e’tiborni tortgan.
2019 yildan beri Ferrari jamoasida ishtirok etib kelmoqda. Lekler Ferrari tarixidagi eng yosh g‘olib poygachi sifatida tarixga kirgan va debyut mavsumidayoq ushbu jamoa uchun birinchi "poul" pozitsiya yutgan poygachi bo‘lgan.
U 2022 yilda jahon chempionati musobaqalarida ikkinchi o‘rinni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.