date

Mareska Chelsining Aston Villadan uydagi maglubiyatini izohladi

Mareska Chelsining Aston Villadan uydagi maglubiyatini izohladi

APLning 18-tur uchrashuvida «Chelsi» o‘z maydonida «Aston Villa»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Londonliklar 37-daqiqada Joao Pedroning goli bilan oldinga chiqdi, ammo mehmonlar safida Ollie Uotkins 63 va 84-daqiqalarda gol urib, kambekni rasmiylashtirdi.

«Menimcha, gol o‘tkazib yuborgunimizcha bir soat davomida o‘yinni nazorat qildik. Juda yaxshi harakat qildik. Afsuski, «Aston Villa»ning birinchi golidan keyin o‘yin sur’ati o‘zgardi. O‘sha paytga qadar biz yana ikki-uchta gol urib qo‘yishimiz kerak edi. Raqibning almashtirishlari ta’sir qildi, lekin baribir 60-daqiqagacha ko‘proq gol urishimiz shart edi», — dedi «ko‘klar» bosh murabbiyi Entso Mareska Match of the Day bilan suhbatda.

Ushbu natijadan so‘ng «Chelsi» APL jadvalida 29 ochko bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda, «Aston Villa» esa 39 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mareska Chelsining Aston Villadan uydagi maglubiyatini izohladi