Isko tizzasidagi muammo sabab yana operatsiya qilinadi

Isko tizzasidagi muammo sabab yana operatsiya qilinadi

"Betis" yarim himoyachisi Iskoni navbatdagi jarrohlik amaliyoti kutmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mundo Betis xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi dushanba kuni tizzasidan operatsiya qilinadi. Unga bo'g'im ichidagi tog'ay shikastlanishini bartaraf etishga qaratilgan artroskopik muolaja o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tibbiy aralashuv tizza holatini barqarorlashtirish va reabilitatsiya jarayonini davom ettirish uchun zarur ekani ta'kidlanmoqda.

Isko jarohatni 27 noyabr kuni Yevropa Ligasi doirasida "Utrext"ga qarshi uchrashuvda, o'yin davomida jamoadoshi Sofyan Amrabat bilan to'qnashib olgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi atigi ikki bahsda maydonga tushgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar