
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar va tumanlar bo‘limlariga yangi xizmat avtomashinalari topshirildi. Yangi yil bayrami arafasida Majburiy ijro byurosining Namangan shahar hamda tumanlar bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida yangi xizmat avtomashinalari bilan ta’minlandi.
Mazkur avtomashinalar ijro harakatlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Topshirish marosimida ta’kidlanganidek, Majburiy ijro byurosi tizimini zamonaviy texnika va transport vositalari bilan ta’minlash davlatimiz tomonidan sohani isloh qilishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol ifodasidir.
Yangi yil bayrami arafasida taqdim etilgan ushbu yangilik xodimlar uchun katta rag‘bat bo‘lib, ularni yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishga undaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.