date

Fratteziga yana bir klub qiziqdi Inter 40 mln yevro topishi mumkin

Fratteziga yana bir klub qiziqdi Inter 40 mln yevro topishi mumkin

Milanning «Inter» klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Davide Frattezi bo‘yicha qiziqishlar ro‘yxati yana kengaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

SportMediaset xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Istanbul klubi «neradzurrilar»ga 40 mln yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijara variantini taklif qilishga tayyor.

Biroq Frattezining o‘zi shoshilmayapti: u 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida Italiyada qolishni afzal ko‘rmoqda.

Avvalroq yarim himoyachining qishki transfer oynasida «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar chiqqan edi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 28 mln yevroga baholaydi, uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fratteziga yana bir klub qiziqdi Inter 40 mln yevro topishi mumkin