
"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu chempionatdagi navbatdagi ishonchli g'alabadan so'ng jamoasining turnir jadvalidagi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi 11-tur uchrashuvida "Al-Ahdud"ni 3:0 hisobida yirik mag'lub etdi, Ronaldu esa dubl qayd etdi. O'n uchrashuv natijasiga ko'ra "Al-Nasr" 30 ochko jamg'arib, liga jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Portugaliyalik futbolchi jamoa to'g'ri yo'lda ketayotganini ta'kidladi, biroq hozircha bo'shashishga erta ekanini ham qo'shib o'tdi.
"Biz shu ruhda davom etishimiz kerak. Hech kim mavsum o'rtasida chempion bo'lib qolmaydi. Oldinga yurishda davom etamiz", — deya Ronaldu so'zlarini A Bola keltirdi.
Uning aytishicha, g'alabadan keyingi ijobiy kayfiyatga qaramay, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ertasi kuniyoq boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.