
Madridning “Real” klubida to‘p surgan Lukas Vaskes Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning bir jamoada qanchalik samarali o‘ynashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda har ikki hujumchi bilan birga maydonga tushgan, keyin esa Leverkuzenning “Bayer” klubiga yo‘l olgan edi.
Vaskesning ta’kidlashicha, Mbappeda ham ruhiy, ham futbol jihatdan eng yuqori natijalarga erishish uchun barcha imkoniyat bor. U fransuz futbolchisi nafaqat muntazam gol urishi, balki o‘yinning boshqa fazalarida ham jamoaga katta foyda keltirishini qayd etdi. Shuningdek, Vinisius ham “Real”da bir necha yildan beri barqaror va muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatayotgan yuqori saviyadagi ijrochi ekani aytildi. Vaskes fikricha, Mbappe va Vinisius birga harakat qilsa, “Real”da juda katta marralarni zabt etishi mumkin.
4-yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi La Liga doirasida o‘z maydonida “Betis”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.