date

Tarix davom etadi Ronaldu 957-golini urdi, ammo Al-Nasr g'alabani qo'ldan chiqardi

Tarix davom etadi Ronaldu 957-golini urdi, ammo Al-Nasr g'alabani qo'ldan chiqardi

31 dekabr kuni soat 02:28 da (Toshkent vaqti bilan) Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittifaq” va “Al-Nasr” o'rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bahs yana bir bor Krishtianu Ronalduning navbatdagi tarixiy natijasi bilan yodda qoldi — u professional faoliyatidagi 957-golini qayd etdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

O'yinning birinchi bo'limida mezbonlar hisobni ochdi: Jorjinyo Veynaldum aniq zarbasi bilan “Al-Ittifaq”ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan keyin “Al-Nasr” bosimni kuchaytirib, o'yin ritmini o'zgartirdi va qisqa vaqt ichida vaziyatni o'z foydasiga burishga muvaffaq bo'ldi.

48-daqiqada Jauan Felish Gabriel uzatmasidan so'ng hisobni tenglashtirdi. 67-daqiqada esa portugaliyalik hujumchi yana diqqat markazida bo'ldi: Felishning zarbasidan keyin to'p Ronaldudan riko'shet olib yo'nalishini o'zgartirdi va darvozadan joy oldi — bu gol Ronaldu uchun 957-bo'ldi.

Biroq “Al-Nasr” ustunlikni saqlab qola olmadi. 80-daqiqada Veynaldum ikkinchi bor gol urib, dubl qayd etdi va jamoasiga durangni olib berdi. Uchrashuv so'ngida Ronaldu yana bir imkoniyatga ega bo'ldi, biroq mezbonlar darvozaboni ishonchli harakat qilib, zarbani qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tarix davom etadi Ronaldu 957-golini urdi, ammo Al-Nasr g'alabani qo'ldan chiqardi