date

Karrager Arsenalning Aston Villani yengishini juda muhim dedi

Karrager Arsenalning Aston Villani yengishini juda muhim dedi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Arsenal”ning “Aston Villa” ustidan 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Villanlar” barcha turnirlarda ketma-ket 11 ta o‘yinda zafar quchib, APL jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tarilgandi. “Emireyts”dagi uchrashuv arafasida birmingemliklar “kanonirlar”dan atigi uch ochko ortda borayotgandi.

Karrager Sky Sports efirida bu natijani “Arsenal” uchun bir nechta jihatdan nihoyatda zarur g‘alaba deb atadi. Uning ta’kidlashicha, londonliklar bu mavsumda ilk bor haqiqatan ham kuchli raqibga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, to‘rtta gol urib, yakunni xotirjam o‘tkazish imkonini yaratdi.

19 turdan keyin “Arsenal” 45 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Manchester Siti” esa bir o‘yini zaxirada bo‘lishiga qaramay, londonliklardan besh ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karrager Arsenalning Aston Villani yengishini juda muhim dedi