Kassano Tiago Silva Milan bilan kelishmoqchi bo'lganini aytdi

Italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano Tiago Silvaning Yevropaga qaytishi ortidan yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi. Ko'pchilik braziliyalik himoyachi avval o'ynagan “Milan”ga qaytadi, deb kutgan edi, biroq u Portugaliyaning “Portu” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kassanoning aytishicha, Tiago Silva aynan “Milan” variantini tanlashga tayyor bo'lgan, hatto Zlatan Ibragimovich ham uning kelishini qo'llab-quvvatlagan. Biroq jarayonni bosh murabbiy Massimiliano Allegri sekinlashtirganini u ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Tiago Silva 2009–2012 yillarda “Milan” safida to'p surgan. Ayni paytda milanliklar A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing