Kanselu qishda Yevropaga qaytishi mumkin, uch klub qiziqyapti

Kanselu qishda Yevropaga qaytishi mumkin, uch klub qiziqyapti

«Al-Hilol»ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu qishki transfer oynasida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So'nggi kunlarda portugaliyalik futbolchining Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar kuchaydi. Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Milanning «Inter» klubi 31 yoshli himoyachini ijaraga olish variantini muhokama qilish uchun «Al-Hilol» bilan allaqachon bog'langan. Shuningdek, «Barselona» va «Yuventus» ham o'yinchi bo'yicha so'rov yuborgan.

Kanselu Ar-Riyod klubiga 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan ko'chib o'tgandi. Qiziq tomoni, u avvalroq «Barselona», «Yuventus» va «Inter» safida ham to'p surgan. Transfermarkt portali himoyachining joriy narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar