Milan A Seriyada mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 o‘yinga yetkazdi

A Seriyaning navbatdagi turida “Milan” o‘z maydonida “Jenoa”ga qarshi bahsda ikkinchi mag‘lubiyatga juda yaqin kelib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Massimiliano Allegri jamoasi uchrashuvni 1:1 hisobida yakunlab, yutqazishdan qutuldi. O‘yin so‘ngida vaziyat butunlay boshqacha yakunlanishi mumkin edi: 99-daqiqada mehmonlar penalti tepish huquqini oldi, biroq “Jenoa” futbolchisi imkoniyatni boy berib, to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi.
Aynan shu epizod “rossoneri”ni mag‘lubiyatdan asrab qoldi. Hozircha “Milan”ning chempionatdagi yagona omadsiz natijasi avgust oyiga to‘g‘ri keladi — 1-turda “Kremoneze”ga yutqazgan.
“Milan” 39 ochko bilan Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalida “Inter” 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!