date

Alonso Mbappe Barselonaga qarshi maydonga tushishini aytdi

Alonso Mbappe Barselonaga qarshi maydonga tushishini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohatini bartaraf etib, «el klasiko» oldidan safga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz futbolchi Ispaniya Superkubogi yarim finalida «qaymoqranglilar» «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bahsni o‘tkazib yuborgandi. Derbidan so‘ng bosh murabbiy Xabi Alonso yulduzli forvard yaqin vaqt ichida jamoa ixtiyoriga qaytishini ma’lum qildi.

«Mbappe ertaga uchib keladi. U o‘zini yaxshi his qilyapti va «Barselona»ga qarshi o‘ynay oladi», — dedi Alonso matbuot anjumanida.

Ispaniya Superkubogi finali yakshanba kuni, 11-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, turnir uchrashuvlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilmoqda.

Kilian Mbappe tizzasidagi jarohat sabab «Real»ning ketma-ket ikki o‘yinida maydonga tusha olmagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alonso Mbappe Barselonaga qarshi maydonga tushishini aytdi