date

Liverpul himoyachisi Arsenalga qarshi o'yinda jarohat oldi

Liverpul himoyachisi Arsenalga qarshi o'yinda jarohat oldi

Angliya Premer-ligasi doirasida "Arsenal"ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan bahsda "Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Konor Bredli o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shimoliy irlandiyalik futbolchi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida maysaga yiqilib tushdi. 95-daqiqada bosh murabbiy Arne Slot Bredlini maydondan olib, uning o'rniga Jo Gomesni tushirishga majbur bo'ldi. 22 yoshli himoyachi ko'z yoshlar bilan maydonni tark etdi va uni zambilda olib chiqishdi. Jarohatning qanchalik jiddiy ekani bo'yicha yaqin orada qo'shimcha ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Durangdan so'ng "Arsenal" APL jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi, "Liverpul" esa to'rtinchi o'rinda qoldi. 21 turdan keyin jamoalar hisobida mos ravishda 49 va 35 ochko bor.

Mersisayd klubi 12 yanvar kuni Angliya Kubogida "Barnsli"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul himoyachisi Arsenalga qarshi o'yinda jarohat oldi