Barselona Hamza Abdelkarim transferini yakuniga yetkazdi

«Al-Ahli» hujumchisi Hamza Abdelkarim faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Jurnalist Fernando Polo ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kelishuvni allaqachon yopgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safiga ijara asosida qo‘shiladi. Shartnomada 3 mln yevroga sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan. Yaqin vaqt ichida misrlik iqtidor tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng transfer rasman rasmiylashtiriladi.
«Barselona»ning yosh misrlik yulduzni o‘z safiga og‘dirish niyati bir necha oy avval ham tilga olingandi. Abdelkarim Qohiraning «Al-Ahli» jamoasida 9 o‘yinda maydonga tushgan, hozircha gol yoki assist bilan ajralib turmagan. Biroq Misr U-17 terma jamoasida u 19 uchrashuvda 12 ta gol urib, 6 ta golga uzatma bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!