Anchelotti Braziliya bilan kelajagi borasida qaror qabul qildi

Mashhur mutaxassis Karlo Anchelotti kelajagi bo‘yicha aniq qarorga keldi. Globo Esporte xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) va italiyalik murabbiy hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti fevral oyida yangi shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Yangi bitimga asosan, u Braziliya terma jamoasini 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar boshqaradi.
Qayd etilishicha, Braziliya tomoni yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati natijalaridan qat’i nazar Anchelotti bilan ishlashni davom ettirish niyatida. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar oktyabrda boshlangan va o‘tgan yil oxiriga borib yanada faollashgan. Hozir esa asosan byurokratik masalalarni hal qilish qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!