date

Fenyerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmaslikda aybladi

Fenyerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmaslikda aybladi

"Fenyerbahche"ning sobiq yarim himoyachisi Linkoln klubni 2024–2025 yillarda boshqargan Joze Mourinyo haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi so'zlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis unga bergan va'dasini bajarmagan va bu holatni hurmatsizlik deb qabul qilgan. Linkoln ijara asosida "Xall Siti"ga ketishidan oldin Mourinyo bilan gaplashgani, murabbiy esa uni Portugaliyadagi yozgi yig'inga kutayotganini aytganini esladi.

Futbolchi mavsum yakunlangach yig'inga chaqiruv bo'lishini kutgan, biroq Mourinyo bilan bevosita bog'lana olmaganini ta'kidladi. Linkoln tarjimon orqali murabbiyga chiqmoqchi bo'lganida, Mourinyo uni sport direktoriga yo'naltirgan. Jamoa Portugaliyada yig'in o'tkazayotgan paytda Linkoln ham uyida Portugaliyada bo'lganiga qaramay, u Istanbulga yuborilib, alohida shug'ullanish topshirig'ini olgan.

Linkoln bu jarayonda o'ziga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat bo'lganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, u ko'plab o'yinlarda hatto o'zi uchun noodatiy pozitsiyada ham klubga foyda keltirishga urinib kelgan, og'ir jarohat ortidan esa qo'llab-quvvatlash kutgan, ammo buni his qilmagan.

"Fanatik" nashriga bergan intervyusida Linkoln: "U juda ko'p yutuqlarga erishgan, bunga hech kim e'tiroz bildirmaydi. Lekin men uchun hayotda xarakter sovrinlardan ham muhim", dedi.

Hozirda Joze Mourinyo "Benfika"ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenyerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmaslikda aybladi