date

Sancho Yevrokuboklarda Krauch rekordini takrorladi

Sancho Yevrokuboklarda Krauch rekordini takrorladi

Jedon Sancho urgan gol «Aston Villa»ga Yevropa Ligasi doirasida «Fenerbahche» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba keltirdi. «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan vinger 25-daqiqada hisobni ochdi va turk jamoasi bunga javob qaytara olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, Sancho yevrokuboklarda to‘rtta turli klub safida gol urgan atigi ikkinchi angliyalik futbolchiga aylandi. Bu natijaga birinchi bo‘lib sobiq hujumchi Piter Krauch erishgan.

Sancho avvalroq Yevropa maydonlarida Dortmundning «Borussiya»si, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» safida ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. «Fenerbahche»ga urilgan gol esa 25 yoshli futbolchining «Aston Villa» tarkibida barcha musobaqalardagi ilk goli bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sancho Yevrokuboklarda Krauch rekordini takrorladi