date

Klopp “Real” mish-mishlariga nuqta qo‘ydi: javobi qat’iy bo‘ldi...

Klopp “Real” mish-mishlariga nuqta qo‘ydi: javobi qat’iy bo‘ldi...

So‘nggi kunlarda futbol olamida bitta gap aylandi: go‘yo Yurgen Klopp “Real Madrid” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. OAVda turli “insayd”lar, taxminlar, hatto “aniq manba”ga tayangan xabarlar ham ko‘payib ketdi. Tabiiyki, bunday shov-shuvlar fonida Kloppning o‘zi ham sukut saqlamadi va mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Germaniyalik mutaxassisning aytgan gapi aniq: u murabbiylik qila olishini biladi, lekin bu umrining oxirigacha “hamma joyda murabbiy bo‘lib yurishga majbur” degani emas.

“Men jamoaga murabbiylik qila olishimni bilaman, ammo bu umrimning so‘ngi kunigacha murabbiylik qilishga majburman, degani emas. “Red Bull” menga birgalikda bosqichma-bosqich shakllantirgan yo‘lni topish imkonini berdi. Hozir men inson sifatida o‘zim bor bo‘lgan dunyo bilan to‘liq bir olamdaman. Men boshqa joyda bo‘lishni istamayman”, dedi Klopp.

Bu gaplardan chiqadigan xulosa bitta: Klopp hozircha yangi klub, ayniqsa “Real”dek ulkan loyihaga shoshilmayapti. U o‘zini boshqa ritmda ko‘ryapti — rejali, bosqichma-bosqich, hayajondan ko‘ra ma’nosi bor yo‘lda.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp boshqargan so‘nggi klub “Liverpul” bo‘lgan. Mersisayddagi davrida u nafaqat natija, balki uslub, xarakter va muxlislar bilan alohida energiya degan tushunchani ham qoldirib ketgandi.

Shu bois, “Real” haqidagi mish-mishlar qancha baland aylanmasin, Kloppning javobi hozircha juda sovuqqon: u hozir turgan joyidan qoniqyapti va “boshqa joyga ketish”ni istamayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp “Real” mish-mishlariga nuqta qo‘ydi: javobi qat’iy bo‘ldi...