Vinisiyus va Fermin Lopes Chempionlar ligasi haftalik jamoasida

Chempionlar ligasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida umumiy bosqichning 7-tur uchrashuvlari yakuniga ko'ra haftaning ramziy jamoasi e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Haftalik tarkib quyidagicha ko'rinish oldi: Tsolakis («Olimpiakos») — Porro («Tottenhem»), Gundersen («Bude-Glimt»), Van Deyk («Liverpul»), Jafarguliyev («Qorabog'»), Tyuram («Yuventus»), Navarro («Atletik»), Fermin Lopes («Barselona»), Simeone («Atletiko»), Vinisiyus («Real»), Suares («Sporting» Lissabon).
7-turdan so'ng Chempionlar ligasida 15 ta jamoa pley-off yo'llanmasini naqd qildi. «Arsenal» va «Bavariya» esa bevosita 1/8 finalga yo'l oldi.
Umumiy bosqichning 8-tur uchrashuvlari 28-yanvar kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing