Anchelotti Braziliya terma jamoasidagi kelajagini hal qildi

Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti keyingi faoliyati bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Globo Esporte xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi va mutaxassis o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti yangi bitimni fevral oyida imzolashi kutilmoqda. Yangi shartnoma asosida italiyalik murabbiy Braziliya terma jamoasini 2030 yilgi jahon chempionati yakunigacha boshqaradi.
Qayd etilishicha, Braziliya tomoni yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi natijalardan qat’i nazar, Anchelotti bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar oktyabrda boshlangan va o‘tgan yil oxiriga kelib ancha faollashgan. Endi esa qolgan masala — hujjatlar va byurokratik jarayonlarni yakunlash.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!