De Dzerbi Rabioni sogʻinayotganini ochiq aytdi

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi o‘tgan mavsum birga ishlagan Adryen Rabio haqida iliq xotiralar bilan gapirdi. Hozir fransuz yarim himoyachisi «Milan» safida to‘p surib, maydondagi nafis harakatlari bilan muxlislarni xursand qilishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassis Rabioni ko‘p qirrali futbolchi sifatida yuqori baholadi: u himoyada ham, hujumda ham foydali bo‘la olishi, yorib o‘tishlari bilan jamoaga ustunlik berishini ta’kidladi. De Dzerbining so‘zlariga ko‘ra, ular ajralish jarayoni ideal tarzda kechmagan bo‘lsa-da, Rabio jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘l olishida muhim rol o‘ynagan va ko‘p o‘yinlarda natijani aynan uning harakatlari hal qilgan.
Qayd etilishicha, Rabio yaqinda «Milan» libosida ilk bor dubl qayd etdi — u «Komo» darvozasiga ikki bor to‘p kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!