date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Hiroshima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Natijada xitoyliklar uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan keyin «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi