Eberl Musialaga maydonda ko'proq vaqt kerakligini aytdi

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "Augsburg"ga qarshi uchrashuvdan (1:2) so'ng yarim himoyachi Jamal Musialaning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eberlning ta'kidlashicha, yuqori saviyadagi chempionatga uzoq tanaffusdan keyin qaytish oson emas. Uchrashuvda Musiala atigi yarim soat maydonda bo'ldi va hozir asta-sekin o'z formasini tiklamoqda. Funksionerga ko'ra, Musialaga ko'proq o'yin amaliyoti zarur: u jarima maydonida ikki-uchta imkoniyatga ega bo'ldi, biroq to'qqiz oylik tanaffusdan so'ng tez va to'g'ri qaror qabul qilish qiyinligi sezildi.
Joriy mavsum Bundesliga doirasida Musiala ikki o'yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya" navbatdagi bahsini 28 yanvar kuni PSVga qarshi o'tkazadi. Chempionlar ligasi 8-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!