date

Zabarniy PSJ g'alabasidan keyin fikrlarini bildirdi

Zabarniy PSJ g'alabasidan keyin fikrlarini bildirdi

Fransiya chempionatining 19-turida «PSJ» safarda «Oser»ni 1:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdagi yagona golni bellashuv oxirida vinger Bredli Barkola urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng parijliklar himoyachisi Ilya Zabarniy natija haqida gapirdi.

«Jamoa raqibni oxir-oqibat sindira olishiga ishondi. «PSJ» hech qachon to'xtamaydi va o'z ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish vaqt masalasi edi», — dedi ukrainalik futbolchi OAV bilan suhbatda.

Bu g'alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Parijliklar «Lans»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zabarniy PSJ g'alabasidan keyin fikrlarini bildirdi