date

Eberl Musialaga maydonda ko'proq vaqt kerakligini aytdi

Eberl Musialaga maydonda ko'proq vaqt kerakligini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl «Augsburg»ga qarshi uchrashuvdan (1:2) so'ng yarim himoyachi Jamal Musialaning o'yiniga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eberlning ta'kidlashicha, yuqori raqobatli chempionatga qaytish oson emas: Musiala bu safar atigi yarim soat maydonda bo'ldi va asta-sekin optimal holatiga kirib bormoqda. Funksioner fikricha, futbolchiga o'z ritmini topishi uchun ko'proq o'yin amaliyoti zarur. «Jarima maydonida ikki-uchta vaziyatga ega bo'ldi. To'qqiz oylik tanaffusdan keyin maydonda tez va to'g'ri qaror qabul qilish qiyinligi ko'rinib turibdi», — deya Eberl so'zlarini tz keltirdi.

Joriy Bundesligada Musiala ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

«Bavariya» navbatdagi o'yinini 28 yanvar kuni PSVga qarshi o‘tkazadi. Chempionlar ligasi 8-tur bahsi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eberl Musialaga maydonda ko'proq vaqt kerakligini aytdi