Florensi Roma va Milan durangidan soʻng fikr bildirdi

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va "Milan"ning eks o'yinchisi Alessandro Florensi "Roma" hamda "Milan" o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Florensining aytishicha, birinchi bo'limda rimliklar juda keskin va bosim bilan o'ynagan: gollar chiqmagani ajablanarli, biroq bu vaziyatlarda Mayk Menyan "Milan"ni bir necha bor qutqarib qoldi. U, shuningdek, "Milan"ga gol urish uchun ko'p imkon ham kerak emasligini ta'kidlab, buni ikkinchi bo'limda maydonda ko'rganimizni qo'shib o'tdi.
Skudetto masalasiga kelganda esa Florensi chempionlik poygasi deyarli aniq bo'lib qolganini, endi ko'proq ikkinchi o'rin uchun kurash haqida gapirish mumkinligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, A Seriya turnir jadvalida "Inter" hozirda "Milan"dan besh ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!