Ferran Torres va Yamal "Barselona" tarixida 25 yillik rekordni yangiladi

Ferran Torres "Barselona"ning "Osasuna" ustidan 2:1 hisobidagi g'alabasida tarixiy natija qayd etdi. U klubning 25 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan rekordini yangiladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Futbolchining 86-daqiqadagi goli evaziga Kataloniya klubi joriy asrda ilk bor bir mavsumda 15 tadan ko'p gol urgan ikki nafar ispan o'yinchisiga ega bo'ldi.
Torres shanba oqshomida o'zining 15-golini urdi. Jarohat olgan Lamin Yamal esa La Ligada "Barselona" uchun 16 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Barcha musobaqalarda Torres 46 ta o'yinda 20 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yamal hisobida esa 45 ta o'yinda 24 ta gol hamda 18 ta assist mavjud.
"Barselona"ning ushbu g'alabasi ularning La Ligadagi ustunligini 14 ochkoga yetkazdi. Agar "Real Madrid" yakshanba kuni "Espanyol"ni mag'lub eta olmasa, Hansi Flik jamoasi muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!