Huawei Pura 90 Pro telefoni savdosi birinchi kunda 175 foizga oshdi

"Huawei" kompaniyasi yangi "Pura 90" smartfonlar tarmog'ini taqdim etdi. "Pura 90 Pro" versiyasining dastlabki sotuv natijalari rekord darajani qayd etdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma xaridorlar o'rtasida katta qiziqish uyg'otib, avvalgi modellarni sezilarli darajada ortda qoldirdi.
"Huawei Pura 90 Pro" sotuvi "Pura 80 Pro" modeliga nisbatan 175 foizga yuqori bo'ldi. Agar "Pura 70 Pro" bilan solishtirilsa, bu ko'rsatkich 225 foizga yetadi.
Kompaniya sotilgan smartfonlarning aniq sonini ochiqlamadi.
Yangi flagman gradient ranglardagi dizayn va kuchli texnik xususiyatlarga ega. Smartfon "Kirin 9030S" protsessori hamda "HarmonyOS 6.1" operatsion tizimida ishlaydi.
Bu esa unumdorlikni avvalgi avlodga qaraganda 25 foizga oshirish imkonini berdi.
Shuningdek, qurilma 6000 mA/soat sig'imli akkumulyator bilan jihozlangan. U 66 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlanish xususiyatiga ega.
Yaxshilangan kamera imkoniyatlari ham xaridorlar e'tiborini tortmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!