Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o'yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu mag'lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo'ldi.
6 turdan so'ng “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Sanfrecce Xirosima” esa 11 ochko jamg'arib, uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing