Strasburg maglubiyatidan keyin Jiruni muxlislar hushtakbozlik bilan kutib oldi

Fransuz hujumchisi Olivye Jiru uchun so'nggi uchrashuv omadsiz yakunlandi: uning «Lill» jamoasi «Strasburg»ga 1:4 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin mezbonlar tribunalaridan hushtaklar yangradi — «doglar» muxlislari jamoaning muvaffaqiyatsiz natijasidan norozi ekanini shunday bildirdi. Jiru esa vaziyatga befarq qolmay, so'zga chiqdi.
«Hamma birlashishi kerak — klub rahbariyati, futbolchilar va muxlislar. Faqat birdam bo'lsak, bu og'ir davrni yengib o'tamiz», — deya Jiruning so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Jiru avvalroq Londonning «Arsenal»i va Italiyaning «Milan» klubida ham to'p surgan. Hozir «Lill» Fransiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing