Ronaldu Al-Nasr g‘alabasidan keyin bayonot berdi

Saudiya Pro-ligasining dushanba kungi bahsida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning muvaffaqiyatidan mamnun ekanini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmagan bo‘lsa-da, natija muhimligini ta’kidladi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to‘liq e’tibor!» — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ni Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Peshqadam «Al-Hilol»dan oradagi farq besh ochkoni tashkil etmoqda.
5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing