Djikiyaning agenti uning kelajagi haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya nomidan ish yurituvchi Vladimir Kuzmichyov rossiyalik futbolchining klubdagi kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning ta’kidlashicha, Djikiya bilan hammasi joyida va jamoa murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa futbolchi tiklanib ulgurgan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumdagi hisobida 12 ta uchrashuv va 2 ta gol bor. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing