Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi U21 ligasini o'ylab topdi

Germaniyalik futbol mutaxassisi Yurgen Klopp yangi turnir tashkil etish g'oyasi ustida ishlamoqda. Bild nashri jurnalistlari xabariga ko'ra, u navbatdagi loyihasini futbol olamidagi bir qator rasmiylar bilan muhokama qilib ulgurdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Klopp U21 yosh toifasi uchun alohida liga ishga tushirishni xohlaydi. Ushbu musobaqa yosh futbolchilarga Bundesligada maydonga tushishdan avval tajriba to'plash va o'zini ko'rsatish imkonini berishi ko'zda tutilgan.
Ayni paytda Yurgen Klopp «Red Bull» tizimida futbol yo'nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq Yevropa OAVda nemis mutaxassisi kelajakda Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing