date

Argentinaning qadimiy Kilmes klubi stadionni birga yangilamoqchi

Argentinaning qadimiy Kilmes klubi stadionni birga yangilamoqchi

Argentinadagi eng qadimiy jamoalardan biri sanaladigan «Kilmes» 1887 yilda tashkil etilgan. Shu bois klubning muxlislari ko'p, biroq hozir jamoa og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish tashabbusi bilan chiqdi va bu jarayonda yordam so'radi. Gap odatdagidek pul yig'ish haqida emas — muxlislarga stadionga kelib, turli topshiriqlarni bajarish orqali jismonan mehnat qilish taklif etildi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari chaqiriqqa ijobiy javob berib, stadionni yangilash ishlariga ko'maklashishga tayyorligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinaning qadimiy Kilmes klubi stadionni birga yangilamoqchi