Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi liga tuzmoqchi

Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Klopp yangi futbol turnirini yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Klopp U21 yosh toifasi uchun alohida liga tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu musobaqa yosh futbolchilarga Bundesligada maydonga tushishdan oldin tajriba to‘plash imkonini berishi ko‘zda tutilgan.
Xabarda aytilishicha, Klopp yangi loyiha starti masalasini allaqachon boshqa futbol rahbarlari bilan muhokama qilib ulgurdi.
Ayni paytda Yurgen Klopp «Red Bull» tizimida futbol yo‘nalishi bo‘yicha rahbar sifatida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, avvalroq Yevropa matbuotida nemis mutaxassisi kelajakda Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!