Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda “Sanfrechche Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki “Xirosima”ga g'alaba keltirgan zarbani yo'lladi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing