date

Kilmess stadionini yangilash uchun muxlislardan yordam so'ramoqda

Kilmess stadionini yangilash uchun muxlislardan yordam so'ramoqda

1887 yilda tashkil topgan va Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmess» hozir og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatdan chiqish uchun o'zining ko'p sonli muxlislariga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap odatdagi xayriya yoki ma'lum miqdorda pul yig'ish haqida emas. «Kilmess» stadionini qayta qurish ishlari uchun klub tarafdorlari eskicha usulda — stadionga kelib, jismoniy mehnat qilishga, turli vazifalarni bajarib, ta'mirlash va yangilash jarayonida bevosita qatnashishga chorlanmoqda.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz bo'lishiga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa faol javob qaytardi va stadiondagi ishlarga ko'ngilli tarzda qo'shilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmess stadionini yangilash uchun muxlislardan yordam so'ramoqda