date

David Trezeguet Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezeguet Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezeguet yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto jamoa bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezeguet Buenos-Ayresdagi klubga futbolchi sifatida emas, rahbariyat tarkibida ish boshlash uchun kelmoqda. “River Pleyt” uning klubdagi aniq lavozimini oshkor qilmadi, biroq sobiq yulduz ishtirokida rahbariyat to‘liq qatnashgan taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Tadbir davomida Trezeguet strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezeguet Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi