date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

Turinning «Yuventus»i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» safida to‘p surib, hatto klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga kelmoqda. «River Pleyt» sobiq futbolchini rahbariyat ishtirokida taqdimot marosimi orqali tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Klub bergan ma’lumotga ko‘ra, Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanadi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi