date

Argentinalik Kilmes stadionni qayta qurish uchun muxlislardan yordam so‘radi

Argentinalik Kilmes stadionni qayta qurish uchun muxlislardan yordam so‘radi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan “Kilmes” 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini to‘plagan. Ammo hozir jamoa og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish g‘oyasi bilan muxlislarga murojaat qildi. Biroq bu safar gap odatdagi xayriya puli yig‘ish haqida emas: ishqibozlarga stadionga kelib, an’anaviy tarzda jismonan mehnat qilib, rekonstruksiya ishlari bo‘yicha vazifalarni bajarish taklif etildi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, “Kilmes” muxlislari chaqiriqqa ijobiy javob berib, klubga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinalik Kilmes stadionni qayta qurish uchun muxlislardan yordam so‘radi