Senesi nega Italiya emas, Argentina terma jamoasini tanladi

2023 yilda argentinalik himoyachi Markos Senesi terma jamoa borasida muhim tanlov qarshisida qoldi: u Italiya yoki Argentina safida o'ynashi mumkin edi. Bu holat aynan «Finalissima» arafasida yuz berdi — Yevropa chempioni Italiya va jahon chempioni Argentina to'qnash keladigan bahs oldidan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Senesini har ikki terma jamoa murabbiylari ham chaqirdi, biroq futbolchi yakuniy qarorni Argentinadan foydasiga chiqardi. U buni shunday izohladi: «O'zimni bog'lamagan mamlakat madhiyasini kuylashimga to'g'ri keladi, deb o'yladim».
Eslatib o'tamiz, hozirda Senesi Angliyaning «Bornmut» klubi sharafini himoya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing