Lens Renni irodali tarzda yengib, peshqadamga aylandi

Fransiya chempionatining 21-turida chempionlik poygasida yetakchilikka da'vogarlik qilayotgan «Lens» o'z maydonida turnir jadvalida 6-o'rinda borayotgan «Renn»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz boshlandi: 8-daqiqada Arno Norden jarima maydoniga uzatma berdi, Esteban Lepol esa vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi — 0:1. «Lens» faqat 41-daqiqada muvozanatni tikladi: Ruben Agilarning pasidan so'ng Odsonn Eduar aniq zarba yo'lladi — 1:1.
Ikkinchi bo'lim startida Florian Toven Agilarga assist berdi va himoyachi «Lens»ni oldinga olib chiqdi — 2:1. Oradan ko'p o'tmay, Agilar ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi va mezbonlar 10 kishiga tushib qoldi.
Shunga qaramay, «Lens» kamchilikda ham ustunlikni mustahkamladi: 79-daqiqada qarshi hujumda Allan Sen-Maksimen uzoq masofadan aniq zarba bilan hisobni yiriklashtirdi — 3:1.
Ushbu g'alabadan so'ng «Lens» bir o'yin ko'proq o'tkazgan holda «PSJ»ni ortda qoldirib, turnir jadvalida vaqtincha 1-o'ringa ko'tarildi. «Renn» esa 6-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!