Sobiq CSKA futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi

Moskvadagi CSKA sobiq futbolchisi Vasiliy Ivanov rossiyalik markaziy hujumchi Fyodor Chalovning qishki transfer oynasida Turkiyaning "Kayserispor" klubiga yo'l olgani yuzasidan o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ivanovning ta'kidlashicha, Chalov Turkiyada o'zining eng kuchli jihatlarini namoyish etishi kerak. Uning fikricha, yangi jamoaga o'tish futbolchiga qo'shimcha hissiyot va motivatsiya beradi, Chalov esa o'zi tarkibda o'ynashga munosib ekanini isbotlashni istaydi. "Unda hammasi yaxshi bo'ladi", — deya ekspert so'zlarini "Chempionat" keltirdi.
Eslatib o'tamiz, turk klubi Chalovni PAOKdan joriy mavsum yakunigacha ijara asosida safiga qo'shib oldi.
Yunoniston jamoasi safida hujumchi 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!