date

Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi

Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi

Braziliyaning «Korintians» klubi direktorlar kengashi turkiyaning «Beshiktash» jamoasidan kelgan rasmiy taklifni rad etdi. Estadao xabariga ko‘ra, klub darvozabon Ugo Souzani sotishga rozi bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, «Beshiktash» 27 yoshli posbon uchun 10 million yevro taklif qilgan. Shuningdek, transfer amalga oshganida Souzaning yangi klubdagi maoshi avvalgisidan to‘rt baravar yuqori bo‘lishi ko‘zda tutilgan, biroq aniq summa ochiqlanmagan.

Ugo Souza avval «Flamengo» hamda Portugaliyaning «Shavesh» klublarida o‘ynagan. U 2024 yilda «Korintians»ga ijara asosida kelib qo‘shilgan va bir yil avval to‘liq shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda Souza 7 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi