date

Al-Nasr Ronalduni almashtirish haqida o'ylamoqda, ikki nom tilga olindi

Al-Nasr Ronalduni almashtirish haqida o'ylamoqda, ikki nom tilga olindi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi ekanini ochiq ko'rsatdi: portugaliyalik “Al-Nasr”ning so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yubordi. Saudiya tomoni 41 yoshli hujumchini qo'yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida ligada Ronalduning o'rnini jahon darajasidagi boshqa yulduz egallashini xohlashmoqda. Transfer News Live The i Paper’ga tayanib yozishicha, asosiy maqsad — “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh, muqobil variant sifatida esa “Manchester Yunayted” yetakchisi Bruno Fernandesh ko'rib chiqilmoqda.

33 yoshli Saloh ham, 31 yoshli Fernandesh ham avvalroq Saudiya klublari bilan bir necha bor bog'langan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, ularning narxi mos ravishda 30 va 40 million yevroni tashkil etadi.

Hozirda “Al-Nasr” Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduni almashtirish haqida o'ylamoqda, ikki nom tilga olindi